Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning vazifamiz!

Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida klinik ordinatorlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, tibbiyot sohasida ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, yosh mutaxassislar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida klinik ordinatorlarga korrupsiyaning oldini olish, qonunchilik talablari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bunday uchrashuvlar tibbiyot sohasida halollik, mas’uliyat va shaffoflik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz Sog'liqni saqlash vazirligining  “Call-markazi” – 1203 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.