ШАДМАНОВ Анвар Ахматович

Bрач-ординатор

Malumoti:

• 1999-2002 yillarda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti qoshidagi akademik litseyini tamomlagan.

• 2002-2009 yillarda Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti "pediatriya ishi" yunalishi buyicha bakalavrni tamomlagan.

• 2009-2011 yillarda Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti klinik ordinatura yunalishini "Bolalar anesteziologi va reanimatologi" mutaxassisligini tamomlagan.

• 2011-2012 yy. Samarqand viloyati, Paxtachi TTB, Reanimatsiya bo’limida shifokor reanimatolog-anesteziolog lavozimida ishlagan.

• 2012-2013 yy. Sirdaryo viloyati, Oq-oltin TTB va Sirdaryo viloyati KTBKSh da shifokor reanimatolog-anesteziolog lavozimida ishlagan.

• 2013 y. - x.v. Respublika Ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va Ortopediya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo’limida vrach reanimatolog-anesteziolog lavozimida ishlab kelmoqda.

Kasbiy qiziqish doirasi:

Anesteziolog sifatida qo’yidagi operatsiyalarda anesteziyani boshqargan:

Tug’ma va patologik son suyagi boshchasini chiqishini ochiq usulda joyiga solish va tom plastika qilish, coxa vara da qilinadigan rekonstruktiv operatsiyalar, skolioz kasalliklarida qilinadigan operatsiyalar, chanoq-son va tizza bug’imlarini endoprotezlash operatsiyalari, umurtqa pog’onasida utkaziladigan turli rekonstruktiv va disk churralari operatsiyalari, BIOS operatsiyalari, elka va tizza bug’imida utkaziladigan artroskopik operatsiyalar, bolalar va kattalarda uchraydigan turli ortopedik-travmatologik kasalliklarda utkaziladigan operatsiyalar.

Ilmiy darajasi:

Vrach anesteziolog-reanimatolog. Professional kasbiy yutuqlari va mahorati: Amaliyotda qullay oladigan anesteziya turlari: umumiy og'riqsizlantirish: (vena ichi anesteziyasi, endotraxeal anesteziya, ingalatsion anesteziya). Regionar anesteziya: orqa miya anesteziyasi (OMA, SMA, EA), o'tkazuvchan anesteziya (elka chigali blokadasi). Uzbekiston bo’ylab utkaziladigan anesteziolog-reanimatologlar, shoshilinch tez yordam tizimi buyicha va travmatolog-ortopedlarning turli anjumanlarida faol qatnashib keladi. 2016 yil iyun oyida Toshkent VMOI da Bolalar anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida malakasini oshirgan. Doimy ravishda o’z mahoratini, bilim va kunikmalarini oshirib boradi.